Farruh Sayfiev: "Eron ham bizni hurmat qilishni boshladi"

Administrator
19 noya 2025, 09:55
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Farruh Sayfiev Eronga qarshi o'yindan keyin fikrlarini bildirdi.

"O'yinni yaxshi o'tkazib oldik. O'ylaymanki, muxlislarbop chiroyli o'yin ko'rsatdik. G'alaba bilan barchani tabriklayman",- deydi Farruh Sayfiev.

- Eron bilan ko'p o'ynaganmiz. 10 yil oldin Eron ko'zimizni ochirmasdi. Lekin hozir bemalol o'ynayapmiz, ustun kelyapmiz. Shu haqida fikringiz...

- Bu o'z-o'zidan bo'lgani yo'q, ancha mehnat qildik. Buni misol sifatida Jahon chempionatiga chiqqanimiz ko'rsatib turibdi. Eron ham hurmat qilishni boshladi. Keyin ham o'yinimizga qo'shishga harakat qilamiz.

- Fabio Kannavaro har bir futbolchi bilan yuzma-yuz suhbatlashishga harakat qilyapman demoqda. Himoyachilar bilan alohida ishlanyaptimi?

- Mashg'ulot paytida ancha narsa o'rgatyapti. To'p bilan qanday oldinga chiqish, hujumga o'tish. Jahon chempionatigacha vaqt bor. Yana ko'p narsa o'rganamiz deb o'ylayman.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia