O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi bugun Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi

Tolibjon Qosimov
15 sen 2018, 10:12
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankada bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatining dastlabki saralash bosqichida qatnashish uchun Kolombo shahriga jo'nab ketgani hamda mashg'ulotlar o'tkazgani haqida xabar berib o'tgan edik.

Bugun Ilhom Xanjariev shogirdlari guruhning dastlabki bahsida Iordaniya U-16 ayollar terma jamoasiga qarshi to'p tepishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 10:30 da Shri-Lankaning Kolombo shahridagi "Markaziy" stadionida boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, bugungi bahsda O'zbekiston terma jamoasi ko'k rangli libosda maydonga tushsa, iordaniyaliklar qizil libosda to'p tepishadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz