

Mazkur bahsning 9-daqiqasida hisobni ochgan Nam Tae Xi ikkinchi taym boshida og'ir jarohat olib maydonni tark etgan edi.
Koreya nashrlari tarqatgan xabarga ko'ra, "Al Duhail" klubi a'zosi mazkur jarohati tufayli Osiyo Kubogi-2019da ishtirok eta olmaydi.
Nam Tae Xi Janubiy Koreya terma jamoasi safida 44ta o'yin o'tkazib 6ta gol urgan.




