Osiyoning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi Nyu-Delida bo'ladi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2015, 11:25
Shu kunlarda Bahrayn poytaxti Manama shahrida Osiyo Futbol konfederatsiyasining yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Halifa rahbarligida o'tkazilayotgan yig'ilish chog'ida bir qator qarorlar qabul qilindi.

Xususan, 2015 yilgi Osiyoning eng yaxshilarini taqdirlash gala-marosimi 29 noyabr kuni Hindistonning Nyu-Deli shahrida o'tkazilishi tasdiqlandi. Shu kuni bir necha nominaciyalarda yilning eng yaxshilari aniqlanadi.

“Hindiston qitada futboli yuqori tezlikda rivojlanib borayotgan davlatga aylandi. Bu galgi yilning eng muhim tadbirini Hindistonda o'tkazish eng maqbul variant”, - dedi OFK prezidenti.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia