O'rtoqlik o'yini. Saudiya Arabistoni terma jamoasi Bolgariyaga yutqazdi

Aslanov Jasurbek
14 noya 2017, 00:41
Osiyo qitasidan JCH-2018 final bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Bundan bir necha daqiqa avval yakunlangan uchrashuvda saudiyalik futbolchilar Bolgariya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. O'yinda yevropaliklar 1:0 hisobida zafar quchishdi. 

Yagona gol 81-daqiqada Moskvaning “Spartak” klubi yarim himoyachisi Ivelin Popov tomonidan kiritildi. 83-daqiqada himoyachi Mansur Al-Xarbi qizil kartochka sabab maydonni tark etgan. 

Ma'lumot uchun, Edgardo Bauza boshchiligidagi Saudiya Arabistoni terma jamoasi 8 noyabr kuni Latviyani 2:0 hisobida mag'lub etgandi. 10 noyabrda esa Portugaliyaga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif