Oktyabrda Tunis, Kamerun, Hindiston yoki Yangi Zelandiya bilan o'ynashimiz mumkin

Narzulla Saydullayev
11 sen 2015, 15:31
O'zbekiston milliy terma jamoasi Bahraynga qarshi o'tkaziladigan jahon chempionati ikkinchi saralash guruh bosqichidan o'rin olgan rasmiy uchrashuvidan keyin o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Rejaga ko'ra, ushbu uchrashuv 13 oktyabr kuni BAAning Dubay shahrida o'tkaziladi. Hozirda bir qator futbol federatsiyalari bilan muzokara olib borilyapti. Ehtimolli raqiblar orasida Tunis, Kamerun, Hindiston, Yangi Zelandiya kabi terma jamoalar bor. 

Bahrayn bilan o'yin 8 oktyabr sanasiga belgilangan. Hozircha milliy terma jamoamiz guruhda 6 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Shimoliy Koreya terma jamoasi esa 9 ochko bilan guruh peshqadami. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia