O'FA rahbariyati Toshkent viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi rahbari Davron Hidoyatov bilan uchrashdi

Sherzod Nurmatov
27 may 2021, 22:19
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi O'FA vakillari Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi.

Ravshan Ermatov Toshkent viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Davron Hidoyatov bilan mazkur hududda yirik xalqaro sport musobaqalarini qabul qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi. Viloyatning futbol va umuman sport borasidagi imkoniyatlari ulkan ekanligi uchrashuv davomida alohida takidlandi.

Ushbu tashrif mobaynida O'FA mutasaddi va mutaxassislari viloyat futbol assotsiatsiyasi ish faoliyati, futbol infratuzilmasi va mavjud shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Viloyat miqyosida bolalar futbolining infrastrukturasi yuzasidan fikr almashilib, bolalar-o'smirlar futbol ligalari musobaqalarini yuqori saviyada o'tkazish muhimligi takidlandi.

Toshkent viloyati futbol akademiyasi va Chirchiq Olimpiya zaxiralari kollejida qurilish-rekonstrukciya ishlarini jadallashtirish, sifatli futbol maydonlarini barpo etish hamda zamon talablariga mos ravishda jihozlash kabi masalalar bo'yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan mini-olimpiadani tashkil etish va uni o'tkazish masalalari muhokama etildi. Bu yosh sportchilar uchun unutilmas tadbir bo'lishi takidlandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ufa.uz