OCHL-2020. Guruh bosqichiga qachon qur'a tashlanishi ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
30 noya 2019, 09:07
Kelasi yil o'tkaziladigan Osiyo chempionlar ligasi qur'asiga ham sanoqli kunlar qolyapti.

Qur'a marosimi Kuala-Lumpurda joylashgan OFK shtab-kvartirasida 10 dekabr kuni keyingi yil uchun OCHL va OFK Kubogi bahslariga qur'a tashlanadi. Qur'a jarayoni Toshkent vaqti bilan soat 13:30da boshlanadi.

Shunisi aniqki, Osiyo chempionlar ligasida bizdan uchta jamoa qatnashadi. O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi musobaqani guruh bosqichidan boshlaydi. Qolgan ikki klubimiz esa pley-off bosqichida ishtirok etadi. Hozircha "Lokomotiv" yo'llanmaga ega chiqqani ham aniq. So'nggi uchinchi yo'llanma sohibi bugun, "Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng ma'lum bo'ladi.

Kecha pley-off bosqichida O'zbekiston klublari qaysi jamoalar bilan to'qnash kelishlari haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia