"Nyukasl" Maunt uchun kurashga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
8 mar 2023, 17:39
"Nyukasl" "Chelsi" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Meyson Maunt uchun kurashga kirishdi.

Avvalroq "The Athletic" nashri agar "Chelsi" futbolchi bilan 2024 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erisha olmasa, Mauntni kelayotgan yozda sotishi haqida xabar bergandi.

"Liverpul" – Maunt uchun asosiy da'vogar. Matbuot hatto Mersisayd klubi 24 yoshli angliyalikni qo'lga kiritishga ishonchi komil ekanligini ta'kidladi.

Biroq "Daily Mail" nashriga ko'ra, Maunt uchun yana bir jiddiy da'vogar bor – bu "Nyukasl". 

24 yoshli futbolchiga "Liverpul" va "Nyukasl"dan tashqari "Manchester Yunayted" va "Yuventus" ham qiziqish bildirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail