No'mon Hasanov: "Sergeevni keyingi o'yinlarga asrash uchun almashtirdik"

Narzulla Saydullayev
26 okt 2015, 21:09
"Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvidan keyin murabbiylar matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

No'mon HASANOV ("Paxtakor" bosh murabbiyi): - Oldingi o'yingi mag'lubiyatdan to'g'ri xulosalar chiqarib, kamchiliklarni tuzatishga urindik. Yetakchilarning safga qaytgani ijobiy ta’sir qildi. Shu sababli o'yin biz uchun osonroq kechdi va yirik g'alabaga erishdik. Iskanderov asta-sekinlik bilan yaxshi holatga kirib bormoqda. Og'ir jarohatdan keyin u maydonga qaytmoqda.

Sergeevni keyingi o'yinlarga asrash uchun almashtirdik. Bizni oldinda oson bo'lmagan o'yinlar kutib turibdi. Bugun ham dastlabki 15 daqiqada raqib katta muammo tug'dirdi. Futbolchilar jiddiy qarshilikka duch kelishdi. Birinchi golni urib olgach, o'yin osonroq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz