Eshitdik-da! No'mon Hasanov "Xo'jand" bosh murabbiyi bo'ladi

Sherzod Nurmatov
29 apr 2023
O'zbekistonlik murabbiyning Tojikistondagi faoliyati davom etadi.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, No'mon Hasanov "Xo'jand" jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi. 

Mutaxassis o'tgan mavsumni ham Tojikistonda – "Istaravshan" klubida o'tkazgandi. 2022 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra mazkur jamoa quyi ligaga tushib ketgan edi.

No'mon Hasanov bunga qadar murabbiy sifatida "Paxtakor", "Qo'qon-1912", "Navbahor" va "Istaravshan" jamoalarida faoliyat olib borgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia