Nematullo Qutiboev: "Respublikaboshimizning uchrashuvga tashrif buyurgani bizga motivaciya bo'ldi"

Оқил Абдубарноев
23 mar 2023, 20:25
"Aral" jamoasi bosh murabbiyi Nematullo Qutiboev Pro liga doirasida "Andijon-SGS"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Juda qiyin o'yin bo'ldi. Yigitlarda biroz xotirjamlik kuzatildi. Shu bois, uchrashuv boshida o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. Shundan so'ng bizda muxlislar tomonidan psixologik bosim bo'ldi. Shogirdlarim ozgina qiynaldi. Ikkinchi bo'limda esa hisobni o'zgartirish uchun maydonga tushdik. Yigitlar ikki karra kuch bilan yo'qotishdi. Standart holatda ikkinchi to'p kiritildi. Uchinchi golimizni penaltidan urdik. Respublikaboshimizning uchrashuvga tashrif buyurgani bizga motivaciya bo'ldi. Shundan so'ng yigitlarda ishtiyoq ko'tarilib, ikkinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish etishdi. Muxlislarning qo'llab-quvvatlovi bilan shogirdlarim g'alaba qozondi.

- Jamoa o'yinida biroz tushunmovchiliklar mavjud...

- Tezkor gol taktikamizga ta’sir o'tkazdi. Shu bois, oldinga o'tishga majbur bo'ldik. Bu hali birinchi o'yin, shuning uchun yigitlarda biroz xotirjamlik alomati sezildi. 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia