“Bunyodkor” stadioni direkciyasi xodimlarining ish haqlari to'liq undirib berildi

21 may 2026, 10:39
Davlat mehnat inspeksiyasi aralashuvi bilan “Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direkciyasi" MCHJ xodimlarining bir necha oydan buyon to'lanmasdan kelingan ish haqlari undirib berildi.

Inspeksiya yozma ko'rsatmasiga asosan korxonada ishlayotgan 49 nafar xodimning jami 867 mln so'mlik ish haqi qarzdorligi to'liq undirib berilishi taminlandi.

Hozirda xodimlar oldida ish haqi bo'yicha qarzdorlik mavjud emas.

O'xshash yangiliklar


Manba: @Davlat_mehnat_inspeksiyasi