Neymar Pelening dafn marosimiga bormadi. Braziliyalik futbolchi bugun PSJ bilan mashg'ulot o'tkazdi

Оқил Абдубарноев
2 yanv 2023, 20:47
Neymar Pelening dafn marosimiga bormadi.

Bugun uch karra jahon chempioni bilan xayrlashuv marosimi bo'lib o'tadi. Avvalroq PSJ hujumchisi Neymarning Braziliyaga uchib ketishi va dafn marosimida ishtirok etishi xabar qilingandi.

Biroq braziliyalik forvard Fransiyada qoldi. Bugun u Parij klubi mashg'ulotlarida ishtirok etdi. Kecha u diskvalifikaciya tufayli PSJ safida Liga 1 doirasidagi "Lens"ga (1:3) qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborgandi.

Eslatib o'tamiz, Pele 29 dekabr kuni 82 yoshda vafot etdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: RMC Sport