

L’Equipe Liga 1"ning eng katta maosh oladigan futbolchilari ro'yxatini chop etdi.
Chempionatda Neymar hammadan ko'proq maosh oladi – oyiga 4,083 mln evro. Messi ikkinchi o'rinni band etgan (oyiga 3,375 mln), Mbappe – uchinchi (oyiga 2,22 mln).
TOP-20"ga PSJning 18 futbolchisi kirgani e'tiborga loyiq. Ushbu ro'yxatda faqatgina Vissam Ben-Yedder (15-o'rin, oyiga 650 ming evro) va Fransesk Fabregas (18-o'rin, 600 ming evro) "Monako" sharafini himoya qiladi.



