Nevill: "Van de Bek ham"Manchester Yunayted"da nima qilyapman" deb o'ylayotgan bo'lsa kerak"

Alisher
25 okt 2020, 16:45
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill jamoa yarim himoyachisi Donni van de Bek haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Men uchun klub 40 million funt to'langan van de Bekni qanday ishlatayotgani jumboq. U Sulsherning har bir o'yindagi birinchi tanlovi emas. U qancha ko'p zaxirada o'tirsa, shuncha ko'p o'ylaysiz: "Bu 40 mln turadigan o'yinchi. U asosiy tarkibga kirishi kerak".

U esa o'ylayotgan bo'lsa kerak: "Men bu yerda nima qilyapman o'zi" deb", - deydi Nevill.

Eslatib o'tamiz, van de Bek "Manchester Yunayted"ga "Ayaks"dan sentyabr oyining boshida 40 million evro+bonuslar evaziga o'tgandi.

Niderlandiyalik futbolchining Angliya klubi bilan tuzgan shartnomasi bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 5 yilga mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports