

Nigeriyalik forvard 17ta o'yinda 16ta gol urib, A Seriya to'purarlari jadvalida yetakchilik qilmoqda. Gruziyalik vinger 17ta bahsda 8ta gol urdi va 9ta golli pas berdi. U ayni damda chempionatning eng yaxshi assistenti, "gol+pas" tizimida esa Xvicha 17 ball bilan faqatgina Osimxendan (19) orqada.
Osimxenning shartnomasi 2025 yilda yakuniga etadi, Kvaratsxeliyaniki esa 2027 yilda. Ikkala futbolchiga APL klublari qiziqish bildirmoqda, biroq ular Neapol jamoasidagi holatidan mamnun va kelasi mavsum ham klubda qolishmochqi.
Klub Osimxen bilan shartnomani kamida bir yilga uzaytirmoqchi. Uning yillik maoshi bonuslar bilan birga 4,5 mln. evrogacha yetishi mumkin.
Gruziyalik futbolchiga keladigan bo'lsak, "Napoli" uning maoshini ikki baravarga oshirib, 2,5 mln. evroga etkazmoqchi.



