

"Qaymoqranglilar" bu variantni istisno qildi, chunki klub argentinalik futbolchining salohiyatiga ishonadi. "Real" Mastantuononi jamoaning uzoq muddatli loyihasida muhim o'yinchi deb hisoblaydi.
Franko Mastantuono "Real"ga avgust oyida "River Pleyt"dan 45 million evro evaziga o'tgan.

Noyabr oyi boshidan u chov jarohati sabab jarohatlanganlar safida bo'ldi. Bir oy o'tgach, u tarkibga qaytdi, ammo o'yin amaliyoti sezilarli darajada kamaydi.
18 yoshli argentinalik jami hisobda 14 o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta assist qayd etgan.
"Napoli" A Seriyada uchinchi o'rinda, "Real" esa Primerada ikkinchi pog'onada bormoqda. Neapolitanliklar navbatdagi o'yinni 4 yanvar kuni "Lacio"ga qarshi o'tkazadi, "qaymoqranglilar" esa o'sha kuni "Betis" bilan bahs olib boradi.



