MYU futbolchilarining maoshi kamayishi mumkin

Aslanov Jasurbek
10 apr 2019, 11:44
"Manchester Yunayted" Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa, futbolchilar maoshini kamaytirishni o'ylab ko'radi.

Ma'lumotlarga ko'ra, maosh 25%ga qisqartirilishi mumkin.

Shu bilan birga, agar jamoa Chempionlar ligasida ishtirok etmasa, Pol Pogba "Real"ga sotib yuborilishi mumkin. Oldinroq, fransiyalik Madrid klubining asosiy transfer maqsadlaridan biri ekanligi xabar qilingan edi.

"Manchester Yunayted" APL jadvalida 61 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi.

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun