Mourinyu: "U MYUga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlamoqchi"

Eldor Akmurzayev
18 iyun 2020, 19:25
Tottenxem ustozi Joze Mourinyu yanvardan buyon jarohatini davolash bilan o'tkazgan Xarri Keynning holati haqida gapirdi.

“Keyn juda yaxshi ishlamoqda. Hech qanday muammo yo'q. U Manchester Yunaytedga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlashni rejalashtirmoqda. Qancha o'ynaydi? Bilmadim. O'yin davomida bilib olamiz.

U taxminan olti oy davomida tarkibda yo'q edi. Hozirgi holatini esa baholash qiyin. Biroq, Keyn yaxshi mehnat qildi. U ajoyib professional va ertangi bahsni ilk daqiqalardan o'tkazmoqchi”, deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, APL doirasida o'tadigan Londondagi bellashuv 20 iyunga o'tar kechasi, Toshkent vaqti bilan 00:15da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports