

Uchrashuv chog'ida portugaliyalik mutaxassisning harakatlari hakamga g'alati ishora bo'lib tuyuldi - "Special One" qo'lini telefon trubkasiga o'xshatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, Mourinyo hakamga shunday baqirgan: "Ular seni atayin yuborishdi... "Yuventus" seni yubordi".
Joze Mourinyo endilikda uch o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, “Roma” va “Verona” 2:2 hisobida durang o'ynagandi. Joze Mourinyo jamoasi ayni damda Italiya A Seriyasi turnir jadvalida bor-yo'g'i sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.



