Mourinyo: "Shou mening uslubimni tushunmayapti, "Everton"ga qarshi uning o'rniga o'ylashga to'g'ri keldi"

Aslanov Jasurbek
5 apr 2017, 15:18
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Everton"ga qarshi bahsdagi harakatlari uchun jamoa yarim himoyachisi Lyuk Shouni tanqid qildi.

Futbolchi 65-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

"Shouning miyasidan ko'nglim to'lmayapti. U yonimda o'ynadi, men esa uning o'rniga qaror qabul qildim. Qachon ochilish, qachon pressing uyushtirishni aytib turdim.

Bunday darajadagi o'yin uchun fantastik forma, kuchli texnika kerak. Shouda hammasi bor, biroq u mening o'yin uslubimni tushunmayapti. U maydonda o'ylashi kerak" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports