Moliyaviy muammolar tufayli “Ufa” yetakchi 2 futbolchisini sotib, 8 mln evro ishlab olmoqchi

Eldor Akmurzayev
21 iyul 2020, 19:30
“Ufa” klubda byudjet taqchilligi yuzaga kelgani sabab jamoaning yetakchi a'zolarini sotishni rejalashtirmoqda.

“Albatta, bu yil 3-4 o'yinchini sotamiz, chunki joriy yil yaxshi bo'lmadi va byudjet limitidan o'tib ketdik. Homiylarimizdan esa qo'shimcha mablag' so'ray olmaymiz”, deydi jamoaning vasiylik kengashi rahbari Rostislav Murzagulov.

“Ufa” Premer-liga klublari e'tiboriga tushgan yarim himoyachilar Oston O'runov va Daniil Fomin yo'qotish ehtimoli yo'q emas hamda ular orqali boshqirdistonliklar 8 mln evro ishlab olishi mumkin.

Murzagulov shuningdek, jamoaga oltinchi yo ettinchi o'rinlarga yaqin pog'onalarga kurashish uchun erkin agentlar yoki transfer narxi pastroq bo'lgan o'yinchilarning taklif etilishi ko'rib chiqilayotgani haqida ham ma'lum qilgan.

Avvalroq, O'runov yaqin vaqt ichida “Spartak” bilan shartnoma imzolashi haqda xabar qilgandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru