Mino Rayola: "Real" tomonidan Pogbaga katta qiziqish bo'lgandi, lekin MYU uni qo'yib yubormadi"

Tolibjon Qosimov
21 dek 2019, 15:12
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola francuz qishdayoq "Real"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Pol sovrinlar yutishni, omadli va baxtli bo'lishni xohlaydi. U bularni "Manchester Yunayted" bilan birga qilmoqchi. Ha, "Real" tomonidan Pogbaga katta qiziqish bo'lgandi, lekin MYU o'z vaqtida uni qo'yib yubormadi. Biz bu tarixdan fojia yasamaymiz. Men futbolchining to'liq roziligi bilan ishlayapman", - dedi Rayola.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Telegraph