Merson: "Chelsi" Xolandga ko'proq ehtiyoj sezmoqda"

Alisher
16 fev 2021, 14:34
Angliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Pol Meron "Chelsi"ga "Borussiya" (Dortmund) forvardi Erling Xolandni olishni maslahat berdi.

"Erlingga hammadan ham ko'proq "Chelsi" ehtiyoj sezmoqda. Agar u bilan yozda shartnoma imzolanilsa, kelajakda Xolandni daromad uchun sotish ham mumkin bo'ladi, sababi u hali juda yosh.

Xoland uni sotib olish baxtiga muyassar bo'lgan klubning umidlarini to'liq oqlaydi. Bu o'yinchi har qanday top-jamoaga chempionlik tituli uchun kurashda yordam beradi", - deydi Merson.

Xoland "Borussiya" (Dortmund)ga 2019 yilning dekabrida o'tgan. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tribalfootball