Mehdi Taremi jahon chempionatlari tarixida asosiy vaqtda eng kech gol urgan futbolchiga aylandi

Оқил Абдубарноев
21 noya 2022, 21:44
Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Taremi jahon chempionatlari tarixida asosiy vaqtda eng kech gol urgan futbolchiga aylandi.

Hujumchi Angliyaga qarshi o'yinda (2:6) taxminan 102 daqiqayu 30 soniyada penalbtini aniq amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvning birinchi bo'limiga 14 daqiqa, ikkinchi bo'limga esa 10 daqiqa qo'shib berilgan bo'lsa, qo'shib berilgan daqiqalar yakunida bosh hakam penalti belgilanishidan avval VARga murojaat qildi. Bu esa jamoalarning yana to'rt daqiqa ter to'kishiga sabab bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Opta Sports