Van Gal Dik Advokatning rekordini yangiladi

Eldor Akmurzayev
22 noya 2022
Jahon chempionati-2022 dastlanki turida Niderlandiya TJ ishonchli tarzda Senegaldan ustun keldi – 2:0.

Lui van Gal niderlandiyaliklar boshqaruvidagi 38-g'alabasini qo'lga kiritib, bu borada rekordchiga aylandi. Termadagi avvalgi eng yaxshi natija Dik Advokatga tegishli (37 g'alaba) edi.

71 yoshli mutaxassis “lolalar yurti” termasi uchinchi marotaba boshqarmoqda. Bundan avval u milliy jamoada 2000-2001, 2012-2014 yillarda faoliyat olib borgan va hozirgi vazifasini 2021 yil avgustidan beri bajarib kelmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru