Mbappening oyog'i jiddiy shikastlangan. Uning "Atalanta"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida

Alisher
25 iyul 2020, 16:23
Kecha PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya Kubogi doirasidagi "Sent-Eten" (1:0)ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

21 yoshli forvardning oyog'i bilagi jiddiy tarzda qayrilib ketgan, ammo sinish yo'q.

Kilian 12 avgust bo'lib o'tadigan Chempionlar Ligasi 1/4 final doirasidagi "Atalanta"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida.

Eslatib o'tamiz, kecha o'yinning 29-daqiqasida "Sent-Eten" himoyachisi Loik Perren Mbappega qarshi qo'pol o'ynadi va qizil kartochka oldi. Francuz o'yinni davom ettira olmadi va almashtirildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/mohamedbouhafsi