Mbappening oilasi "Real"dan Kilianning 17 yoshli ukasi Etan bilan shartnoma imzolashni so'rashdi. "Real" esa...

Omonjon To`xtamirzayev
27 fev 2024, 16:37
Kilian Mbappening ukasi "Real"ga o'tishi mumkin.

Mbappe va uning oilasi "Real"dan 17 yoshli Etan Mbappe bilan shartnoma imzolashni so'rashdi va Madrid klubi rahbariyati uning o'tishiga rozi bo'ldi.

"Mbappening bir o'zi kelmaydi. Dastlabki shartnoma ikki hafta oldin imzolangan, ammo so'nggi kunlarda oila "Real"ga taklif berdi. Bu shubhaga [Kilianning o'tishi] o'rin qoldirmaydigan qo'shimcha masala.

Mbappening oilasi va Kilianning o'zi bir necha kun oldin "Real"dan uning ukasi Etan Mbappe bilan shartnoma imzolashni so'radi. "Real" o'ylab ko'rdi va yakunda rozi bo'ldi", – deydi jurnalist Eduardo Inda.

Etan Mbappe joriy mavsum Liga 1da bitta o'yinda ishtirok etgan: u 17-tur doirasidagi "Metc" (3:1)ga qarshi bahsda 90 daqiqa.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: RMC Sport