Mbappe: "Mavsum uchun hammaga rahmat. O'zingizni asrang"

Sherzod Nurmatov
20 iyun 2023, 12:04
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jamoasi Gretsiya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) ijtimoiy tarmoqda fikr bildirdi.

"Bu mavsum uchun barchangizga rahmat. O'zingiz va yaqinlaringizni asrang. Hammaga eng yaxshi yoz tilayman. Tez orada ko'rishguncha", – deb yozdi Mbappe.

Mbappe 2022/23 yilgi mavsum PSJ safida barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 41 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Transfermarkt portaliga ko'ra, 24 yoshli fransiyalik futbolchining narxi 180 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail