Mbappe - Liga 1'ning avgustdagi eng yaxshi o'yinchisi

Alisher
24 sen 2021
PSJ forvardi Kilian Mbappe Liga 1'ning avgustdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Bu haqda liga matbuot xizmati xabar bermoqda.

22 yoshli francuz 43 foiz ovoz jamg'argan holda, boshqa barcha raqobatchilaridan o'tib ketdi.

So'rovnomadan ikkinchi o'rinni "Marsel" yarim himoyachisi Dimitri Payet egalladi - 36%. Uchlikni esa "Klermon" forvardi Muhammad Bayo (22%) yakunlab berdi.

Mbappe yozning so'nggi oyida Liga 1 doirasida 4ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/UNFP