Mbappe ECHL rekordini o'rnatdi

Khoja
27 noya 2025, 10:07
"Real Madrid" futbolchisi Kilian Mbappe kechagi uchrashuvda o'z hisobida 4 ta gol yozib qo'ydi.

Shu tariqa, fransiyalik hujumchi ECHLda mehmondagi uchrashuvlarda eng ko'p bitta bahsda uchtadan ko'p gol urgan futbolchiga aylandi. Mbappe jami to'rt martta shunday natijaga erishgan. Mbappega qadar hech bir futbolchi bunday natijaga erishmagan.

Mbappeda joriy mavsum ECHL bahslarida 9 ta gol bor va bu uning eng yaxshi natijasi hisoblanadi.

"Real Madrid" hozirda 12 ochko bilan Chempionlar ligasi turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda “Manchester Siti”ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com