Mayk Felan: "Sharni yorganim uchun Fergyuson meni haydab yuborsa kerak deb o'ylagandim"

Mirjalol Normatov
26 apr 2020, 16:49
"Manchester Yunayted"da bosh murabbiy yordamchisi Mayk Felan mankunianliklarning afsonaviy ustozi Ser Aleks Fergyuson bilan bog'liq voqeani aytib berdi.

O'yin vaqtida murabbiylar shtabida Ser Aleks Fergyusonning yonida o'tirganida Felan shar tutib oldi va uni yordi. O'shanda murabbiylar shtabidagi barcha biroz cho'chib ketgandi.

"Faoliyatimdagi eng muhim vaqtlardan biri bo'ldi, men internetda mashhur bo'lib ketdim. Biroq o'shandan keyin Fergyuson meni ishdan bo'shatib yuborishidan qo'rqib turgandim.

Futbolchi va murabbiylik davrimda men birga ishlagan insonlarning orasida eng yaxshisi Ser Aleks bo'lgan. Odamiylik nuqtayi nazaridan unga etadigani yo'q edi.

Sulsher? U futbolchilariga erkinlik taqdim qilyapti. U Ser Aleks davridan keyin ilk marta futbolchilarining futboldan zavq olishiga imkoniyat yaratmoqda", - dedi Felan.



O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.one