Mauricio Sarri: "Hozir biz qur'a hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lmaydigan bosqichdamiz"

12 dek 2019, 20:50
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri YCHL nimchorak final qur'a marosimi oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Hozir biz qur'a hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lmaydigan bosqichdamiz. Yevropaning eng kuchli 16 jamoasi qoldi. Ko'rinib turibdiki, 3-4 ta katta klublar bor, lekin qur'ada haqiqatan ham birorta klubga qarshi tushishni tanlay olmaysiz, barchasi noqulay raqib. Ko'ramiz, bizning raqibimiz kim bo'larkin. Endi ruhiy va jismoniy holat bo'yicha cho'qqiga chiqishimiz zarur", - deydi Sarri. 

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com