

"Barchamiz ertangi o'yinga intiqlik bilan kutmoqdamiz. O'tgan musobaqadan yoqimli xotiralarimiz qolgan va ilk o'yinimizni o'z maydonimizda, muxlislarimiz oldida o'tkazayotganimizdan mamnunmiz. Bu musobaqada ham muvaffaqiyatimizni davom ettirishga umid qilamiz.
"Nasaf"ning kuchli tomonlarini yaxshi bilamiz, ammo g'alabaga erishish uchun o'z ustun jihatlarimizga e'tibor qaratamiz.
Tarkibdagi bir qator o'yinchilar milliy terma jamoalardagi o'yinlari paytida jarohat olgan. Bundan xursand emasman, ammo tiklanish uchun bizda yana bir kecha bor", dedi 37 yoshli germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, "Al Ahli" – "Nasaf" uchrashuv 15 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:15 da start oladi.



