Matteus: "Bavariya" mag'lub bo'lishi uchun ko'plab xatoga yo'l qo'yishi kerak"

Mirjalol Normatov
9 avg 2020, 17:51
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus jamoaning YCHL chorak finali doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Albatta, jamoalarning kuchini e'tiborga olsak, "Barselona" yaxshi o'yin o'tkazdi. Lekin hozirgi "Barselona"ga mag'lub bo'lishi uchun "Bavariya" ko'plab xatolar qilishi kerak.

Umuman olganda bittali o'yinlarda barchasi bo'lishi mumkin. Yaxshi o'ynasang keyingi bosqichga o'tasan, yomon o'ynasang qolib ketasan. Ikki o'yinli bahslarda esa xatolarni to'g'rilash uchun vaqt beriladi", - dedi Matteus.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Germany