Marselo "Real"dan ketsa, Yevropada o'ynamoqchi. U Braziliyaga qaytishni xohlamayapti

Alisher
27 okt 2021, 07:06
"Real" himoyachisi Marselo yaqin kelajakda Braziliyaga qaytishni rejalashtirmayapti.

O'yinchining agenti Kayo Alveshning ma'lum qilishicha, bir qancha Braziliya klublari 33 yoshli futbolchi bilan shartnoma tuzish niyatini bildirishgan, ammo ularning hech biri bilan muzokaralar yo'q.

Marselo "Real"dagi ishtirokiga e'tiborini qaratgan va Yevropada futbol o'ynashni davom ettirmoqchi va uning shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

"Real" sardori joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasida 1ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TNT Sports