"Milan" va "Marsel" cobiq murabbiyi Ukraina terma jamoasini boshqaradi - Romano

5 may 2026, 09:30
Ukraina terma jamoasining yangi bosh murabbiyi italiyalik mutaxassis Andrea Maldera bo'ladi.

Insayder Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, 54 yoshli murabbiy Ukraina futbol assotsiatsiyasi bilan shartnoma masalasi bo'yicha kelishuvga erishgan.

Malderaning so'nggi ish joyi "Marsel" bo'lib, u o'sha yerda hamyurti Roberto De Dzerbi shtabida ishlagan. Ushbu mutaxassis bilan birga u angliyalik "Brayton"da ham ishlagan.

Shuningdek, italiyalik "Milan"da Massimiliano Allegri, Leonardo, Filippo Indzagi va Klarens Zeedorf shtablarida ishlagan. 2016–2021 yillarda esa Ukraina terma jamoasida Andrey Shevchenko shtabida faoliyat yuritgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano