"Manchester Yunayted" PSJning muammolari Pochettino bilan bog'liq emas deb hisoblaydi

Alisher
22 mar 2022, 15:28
"Manchester Yunayted" Maurisio Pochettinoning ishini baholashda uning PSJdagi faoliyatiga tayanmaydi.

"Manchester Yunayted" Pochettinoni "Tottenxem"ni "Manchester Siti" va "Liverpul"ga munosib raqobatchiga aylantirgan murabbiy sifatida ko'radi.

Qayd etish kerakki, 50 yoshli argentinalikning "Tottenxem", "Sautgempton" va "Espanol"dagi faoliyati MYU rahbariyati uchun PSJdan ko'ra muhimroq faktor sifatida ko'riladi.

MYU Parij jamoasining muammolari murabbiy bilan bog'liq emas deb hisoblaydi. Bunga qadar Parijda Karlo Anchelotti, Unai Emeri va Tomas Tuxel ham ishlashgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports