"Manchester Yunayted" Pochettino uchun 45 mln evro to'lashga tayyor

Tolibjon Qosimov
7 dek 2018, 15:36
"Manchester Yunayted" klubi hamon bosh murabbiy lavozimiga Maurisio Pochettinoni taklif qilishga qiziqmoqda.

"The Sun" nashrining xabar berishicha, "qizil iblislar" argentinalik mutaxassis uchun "Tottenxem"ga tovon puli sifatida 45 million evro to'lashga tayyor.

Agar MYU Chempionlar ligasiga yo'llanma olishni uddasidan chiqa olmasa, Mourinyu iste'foga chiqarilganda nisbatan kamroq tovon to'laydi.

Pochettinoning o'zi esa "Tottenxem"ni tark etmoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Sun