"Manchester Yunayted" himoyachi uchun 100 million taklif qilmoqda

Mirjalol Normatov
7 iyul 2019, 13:51
"Qizil iblislar" "Lester" himoyachisi Garri Maguayrni sotib olishni istamoqda.

Oldinroq "Manchester Yunayted" himoyachi uchun 78 million evro taklif qilgani borasida ma'lumotlar berilgandi. Biroq bu narx "Lester"ni qoniqtirmagandi.

Endi MYU Maguayr uchun 100 million evro taklif qilmoqda, deb xabar beradi "Daily Star".  Agarda "tulkilar" ushbu taklifga rozilik berishsa, Maguayr futbol tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star