“Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” va “Bavariya” klublari Inestaga qiziqishmoqda

Narzulla Saydullayev
23 sen 2013, 15:00
Angliyaning “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” klublari, “Barselona” klubi yarim himoyachisi Andres Inestaga qiziqishmoqda, deb xabar beradi ispan OAV.

Shu bilan birgalikda Inesta bilan yaqindan tanish bo'lgan Pep Gvardiola qo'l ostidagi myunxenning “Bavariya” klubi ham futbolchiga qiziqmoqda. O'yinchining o'zi esa kataloniyaliklar klubi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokara olib borayapti.

Tomonlar hali yangi shartnoma imzolashmagan bo'lishsada, biroq bunga juda yaqin turishibdi.


Eslatib o'tamiz, Inesta yillik maoshini 17 million evrogacha ko'tarishni so'rayapti.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com