"Manchester Siti" Martinesning vakillari bilan aloqaga kirishdi

19 dek 2019, 01:55
Ingliz klubi argentinalik hujumchi uchun "Barselona" bilan kurashadi.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, "Manchester Siti" Milanning "Inter" klubi forvardi Lautaro Martinesga e'tibor qaratmoqda. "Shaharliklar" futbochining yaqinlari bilan uchrashib, Lautaroni klubga o'tishga ko'ndirish va tuzilajak ehtimoliy bitim tafsilotlarini muhokama qilishdi.

Ma'lumot uchun, Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 16 o'yinda maydonga tushgan futbolchi 8 ta gol va 4 ta samarali uzatmaning muallifiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo