"Manchester Siti" futbolchisi: "Agar Arteta "Arsenal"ga ketishni istasa, biz uni tushunishimiz kerak"

Alisher
17 dek 2019, 12:43
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning yordamchisi Mikel Artetaning "Arsenal"ga ketishi haqida gapirdi.

- Agar Artetada bosh murabbiy bo'lish uchun yaxshi imkoniyat bo'lsa va u bunday sinov payti keldi deb o'ylasa, klubimiz buni qabul qilishi kerak.

Agar bu u xohlayotgan narsa bo'lsa, biz uni tushunishimiz kerak, - deydi De Bryuyne.

Eslatib o'tamiz, Mikel Arteta futbolchilik faoliyati davomida 2011-2016 yillarda "Arsenal" sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: A Bola