"Manchester Siti" bu yil 6 nafar futbolchi xarid qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2020, 11:38
"Manchester Siti" joriy yilda qaysi poziciyalarni kuchaytirmoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi.

"Shaharliklar" 2020 yilda ko'pi bilan 6 nafar futbolchi xarid qilishi mumkin. "Siti"ga birinchi navbatda markaziy va chap qanot himoyachilari kerak.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Siti" centrbeklar Pau Torres ("Vilyarreal"), Ruben Diash ("Benfika") hamda "Lester" chap qanot himoyachisi Ben Chiluellni nishonga olgan.

Shu bilan birga Angliyaning amaldagi chempionlari joriy mavsum oxirida klubni tark etadigan David Silva o'rniga yarim himoyachi izlashmoqda.

Bundan tashqari, "Manchester Siti" Leroy Sane, Nikolas Otamendi va Gabriel Jezuslar bilan xayrlashishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph