Lukaku: "Skoulzning TVdagi ishi tanqid qilish"

Aslanov Jasurbek
28 noya 2018, 14:30
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku jamoa sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulzning so'zlariga izoh berdi.

Oldinroq, Skoulz MYU asosiy tarkibida Lukaku o'ynar ekan, jamoa APLda g'olib bo'la olmasligini aytgan edi.

"Unga javob berishdan mano yo'q. Skoulzni o'yinlardan oldin ko'rsam, hech narsa bo'lmagandek salomlashamiz. Televideniyada ishlaydiganlarga gapirishi va sharhlashi uchun pul to'lashadi. Ammo efir ortida bunday emas. Shu sababli Skoulzning tanqidlari menga ta’sir qilmaydi" - deydi Lukaku.

Joriy mavsum Lukaku 12ta o'yinda 4ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News