"Lokomotiv"ning OCHLdagi raqibi "Qo'qon-1912" va "Paxtakor" bilan o'ynaydi

Alisher
4 yanv 2020, 12:21
Dushanbening "Istiqlol" klubi o'zining ikkinchi o'quv-mashg'ulot yig'inini So'g'd viloyatida o'tkazadi.

"Istiqlol" Osiyo chempionlar ligasi ikkinchi saralash bosqichi doirasida O'zbekistonning "Lokomotiv" klubiga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rish maqsadida o'zining ikkinchi o'quv-mashg'ulot yig'inini So'g'd viloyatida o'tkazadi.

Shu sababdan mamlakat chempioni 6 yanvar kuni Tojikiston dengizi yonidagi Guliston shahriga yo'l oladi. Ikki haftalik yig'in davomida jamoa Tojikiston milliy bankining o'quv markaziga joylashadi.

Tayyorgarlik davomida esa Toshkentda ikkita nazorat uchrashuvi o'tkaziladi. Klub rahbariyati O'zbekiston Superligasining "Qo'qon-1912" va "Paxtakor" futbol klublari bilan uchrashuvlar o'tkazish to'g'risida kelishuvga erishdi.

"Qo'qon-1912"ga qarshi uchrashuv 9 yanvar kuni, O'zbekiston chempioniga qarshi o'yin esa 13 yanvarda bo'lib o'tadi.


Chempionlar Ligasi-2020

Ikkinchi saralash bosqichi

 21 yanvar (seshanba)

Lokomotiv (O'zbekiston) - Istiqlol (Tojikiston)

 Pley-off bosqichi

 28 yanvar (seshanba)

 Al Axli (Saudiya Arabistoni) - Lokomotiv (O'zbekiston) /Istiqlol (Tojikiston)

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fcistiklol_2007