ROSSIYA
28 sentyabr kuni sentyabr kuni Rossiya premer-ligasida 10-tur o'yinlariga start berildi. Mahachqalaning Anji klubi sharafini himoya qilayotgan Odil Ahmedov mazkur turda o'z maydonida Amkar klubiga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq 90 daqiqa harakat qildi. Uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi.
Moskvaning Lokomotiv klubi o'z uchrashuvini 30 sentyabr kuni o'tkazadi. Eslatib o'tamiz, Lokomotiv safida O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov harakat qiladi.
QOZOG'ISTON
29 sentyabr kuni Qozog'iston premer-ligasida 28-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Pavlodarning Irtish klubi hujumchisi Ulug'bek Baqoev o'z maydonida Shaxtyor klubiga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqa harakat qildi. Uchrashuvda 2:1 hisobida Irtish g'alaba qozongan. Ushbu klub safida o'zbekistonlik boshqa bir futbolchi, Kamoliddin Murzoev ham harakat qilishidan xabarningiz bor. E'tiborlisi, Irtishga g'alaba keltirgan golga aynan ikkinchi bo'limda zahiradan maydonga tushirilgan Murzoev 88-daqiqada mualliflik qilgan.
Aktobe safida harakat qilgan O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilar - Temur Kapadze hamda Aleksandr Geyrnixlar safarda Qayrat klubiga qarshi kechgan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Aktobening 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etgan o'yindagi har ikkala legioner futbolchi 90 daqiqadan harakat qilishdi.
XITOY
28 sentyabr kuni Xitoy superligasida 26-tur o'yinlariga start berilgan. Changchun Yatay klubida to'p surayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov safarda Shanxay Shenxin klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqa o'ynadi. O'yinda Changchun Yatay 1:0 hisobida g'alaba qozongan.
Beyjing Guoan klubi safida o'ynayotgan o'zbekistonlik himoyachi Egor Krimec mazkur turda o'z maydonida Shanxay Shenxua klubiga qarshi kechgan uchrashuvda o'z jamoasi qaydnomasidan o'rin olgan bo'lsada, maydonga tushirilmadi.
JANUBIY KOREYA
28 sentyabr kuni Janubiy Koreya K ligasi ikkinchi davra o'yinlarining 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ikkinchi davradan boshlab K ligada 8-14 o'rinlar uchun kurashga kirishgan Seongnam Ilva Chunma klubi tarkibida O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov to'p surib kelmoqda. Tajribali yarim himoyachi 28 sentyabr kuni safarda Geongnam klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqada harakat qildi. E'tiborlisi Seongnamning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etgan o'yinda g'alaba to'piga uchrashuvning 88-daqiqasida aynan Jeparov mualliflik qilgan.
OZARBAYJON
12 sentyabr kuni Ozarbayjon premer-ligasida ham 8-tur o'yinlariga start berildi. O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Bahodir Nasimov ushbu turda o'z maydonida Karabax klubiga qarshi o'yinda jamoasi qaydnomasiga kiritilmadi.
BAA
27 sentyabr kuni BAA chempionatida 3-tur o'yinlari o'tkazildi. Dubayning Ash Shabob klubi yarim himoyachisi Aziz Haydarov 3-tur o'yinida o'z maydonida Al Jaziyra klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq 90 daqiqa o'ynadi. Uchrashuvda Ash Shabob 2:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi.