

Ma'lumotlarga qaraganda, eng katta oylik Barselona yarim himoyachisi Frenki de Yongga tegishli, niderlandiyalik futbolchining yillik maoshi 37,5 million evroni tashkil qiladi. Undan keyingi o'rinda Frenkining jamoadoshi Robert Levandovski turibdi. Hujumchi yiliga 33,3 million evro ishlab topadi. Real Madridning yangi futbolchisi Kilian Mbappe esa to'p uchlikni yakunlab bergan. Francuz yiliga 31,3 million evro topadi.



