La liganing eng ko'p haq oladigan futbolchisi ma'lum. U - Mbappe emas

Khoja
19 iyul 2024, 08:52
Capology moliya sayti La liganing yangi mavsumi oldidan eng ko'p haq oladigan futbolchini ma'lum qildi.

 Ma'lumotlarga qaraganda, eng katta oylik Barselona yarim himoyachisi Frenki de Yongga tegishli, niderlandiyalik futbolchining yillik maoshi 37,5 million evroni tashkil qiladi. Undan keyingi o'rinda Frenkining jamoadoshi Robert Levandovski turibdi. Hujumchi yiliga 33,3 million evro ishlab topadi. Real Madridning yangi futbolchisi Kilian Mbappe esa to'p uchlikni yakunlab bergan. Francuz yiliga 31,3 million evro topadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Capology